Назад
Navoiy viloyatida oilaviy mehmon uylarini tashkil etish yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Краткое описание

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7-avgustdagi 631-sonli “Oilaviy mehmon uylarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan Navoiy viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan bir qator ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 24 yanvar sanasida Navbahor tumanidagi, "Mirzo Ulug‘bek" mahalla fuqarolar yig‘inida, oilaviy mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot uchrashuvlari tashkil etildi. Shuningdek yangi turistik yo‘nalishga kiritish maqsadida tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashkil etilgan yangi eko-agroturizm maskanlarida mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlari o‘rganildi. Sohaning bu boradagi zarur masalalari muhokama etilib, targ‘ibot natijasida mahalliy aholi bilan hamkorlikda yaqin kunlarda oilaviy mehmon uylarini tashkil etish rejalashtirildi.

Hozirgi kunda Navoiy viloyatida oilaviy mehmon uylari soni 87 tani tashkil etgan bo‘lib, targ‘ibot-tashviqot ishlaridan so‘ng bu ko‘rsatgichni yanada oshirish ko‘zda tutilgan. 

Buning natijasida ish bilan bandlikni ta'minlash va hududda tadbirkorlik subyektlarini sezilarli darajada ko‘paytirish deganidir. Undan tashqari tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga sifatli xizmat darajasini oshirishga imkon beradi.

Keng jamoatchilik o‘rtasida olib borilayotgan oilaviy mehmon uylarini tashkil etish borasidagi targ‘ibot ishlari viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

 

Navoiy viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Питомник 20 горных козлов северцева
Был в сети: 27.04 21:05
Все мероприятие автора
Фориш тумани Хаёт қишлоғи
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Xorazm, Xiva
  • Ответственное лицо: Северцев – питомник
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие