Назад
Xalqaro yarmarkada 60 ga yaqin mahalliy va xorijiy turizm biznesi vakillari ishtirok etdi
Краткое описание

“Atur” mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan Xalqaro yarmarkada 60 ga yaqin mahalliy va xorijiy turizm biznesi vakillari, shuningdek, turizm sohasida ishlash niyatida bo‘lgan 50 dan ortiq yoshlar va hunarmandlar ishtirok etdi. 

Shveytsariya, Avstriya, Germaniya kabi mamlakatlarning sayyohlik tadbirkorlik subyektlari Namangan viloyatining yangi turistik yo‘nalishlari va imkoniyatlari bilan tanishdi.

Yarmarkadan ko‘zlangan asosiy maqsad yevropalik sayyohlarni Namangan viloyatiga jalb etish, ularga viloyat landshaftlari va yangi sayyohlik joylarini ko‘rsatishdan iborat edi.

Viloyatda faoliyat yuritayotgan turoperatorlar o‘zlarining turpaketlarini taqdim etdilar. Mahalliy hunarmandlar esa o‘zlarining noyob mahsulotlari bilan xorijlik mehmonlarni lol qoldirdi. Mahalliy dekorativ-amaliy san’at mahsulotlari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Yarmarka mahalliy iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Ishtirokchilar tadbirdan ajoyib taassurot olganliklarini ta’kidladilar. Turoperatorlar viloyatning boy tarixiy, madaniy va tabiiy boyliklari bilan tanishib, o‘z sayyohlariga yangi yo‘nalishlarni taklif qilish niyatida ekanliklarini bildirdilar.

Yarmarka Namangan viloyatining sayyohlik salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘ldi, deb ta’kidlaydi viloyat turizm boshqarmasi.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов