-
Нет Отзывов
-
В избранные
Mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 13 sentabrdagi 572-son qarori bilan “Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomi” tasdiqlandi. Ushbu Nizom 2024 yil 1 oktyabrdan 2026 yil 31 dekabrgacha tadbirkorlik subʼektlariga modulli mehmonxonalarni qurish va jihozlash uchun xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida bir martalik subsidiya ajratishni nazarda tutadi.
Subsidiya yangi tashkil etilgan va kamida 10 ta moduldan iborat bo‘lgan modulli mehmonxonada yaratilgan har bir joy uchun 1 million so‘m miqdorida bo‘ladi. Bu subsidiya 2024 yil 1 oktabrdan 2026 yil 1 noyabrgacha beriladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun qaror matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/pdfs/7102971.