-
Нет Отзывов
-
В избранные
"Farg'ona investitsiya va turizm istiqbollari" forumining maqsadi mintaqani iqtisodiy jihatdan rivojlantirish va turizm sohasini kengaytirishdir. 17-18 oktyabr kunlari Qo‘qonda o‘tadigan bu yirik tadbirda 60 dan ortiq mamlakatdan kelgan tadbirkorlar, kompaniya rahbarlari, turizm brend egalari va jurnalistlar ishtirok etadi. Ular Farg‘ona viloyatining iqtisodiy salohiyati bilan tanishib, sayyohlik manzillarini ko‘zdan kechiradi va mahalliy hamkasblar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Forumning asosiy joyi – “O‘rda” majmuasi bo‘lib, unda turli panell sessiyalari o‘tkaziladi. Ishtirokchilar Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishib, “Made in Fergana” sanoat va hunarmandchilik ko‘rgazmasini tomosha qilishadi.
Forumning yalpi sessiyasi 18 oktyabrda tashkil etiladi va O‘zbekiston hukumati a’zolari ham qatnashadi. Bu tadbir Farg‘ona viloyati uchun investitsiya jalb qilish va turizm imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.