Назад
Farg‘ona viloyatidagi joylashtirish vositalarida ishlayotgan menejer, porte, supervayzer, konserj, shveysar va belboy xodimlari uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi
Краткое описание

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Mehmonxonam!” mavzusidagi davlat ijtimoiy buyurtma loyihasi doirasida Turizm qo‘mitasi, www.ichkiturizm.uz ommaviy axborot vositasi tomonidan “Qishloq turizmi va yashil iqtisodiyot uyushmasi” hamda Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda joriy yil 19-20 avgust kunlari  Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida amaliy seminar-trening tashkil etildi. 

Ushbu treningda viloyatdagi joylashtirish vositalarida ishlayotgan 56 nafar menejer, porte, supervayzer, konserj, shveysar va belboy xodimlar qatnashdi va ularga o‘z faoliyatini tashkil etish, xizmat ko‘rsatish (servis jarayonlari, jumladan kutib olish, joylashtirish, xona xizmati, ovqatlantirish, sanitariya-gigiyena talablari, muomala madaniyati va boshqalar), shuningdek, marketing, targ‘ibot qilish, turistlarni jalb etish hamda boshqa tashkiliy-huquqiy masalalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berildi. Bundan tashqari, davra suhbati ham tashkil etilib, unda muammolar va kamchiliklar birgalikda muhokama qilindi va trenerlar tomonidan maslahatlar berildi.

Seminar-trening yakunida ishtirokchilarga malaka sertifikatlari topshirildi.

Mazkur seminar-treninglarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad, joylashtirish vositalarida ishlayotgan xodimlar malakasini oshirish aholisi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, turizm madaniyatini shakllantirish va mahalliy aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan bo‘lib ushbu kabi yo‘nalishdagi tadbirlarni tizimli tashkil etish maqsadida avgust oyida Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida seminar-treninglar tashkil etiladi.

  • Дата
  • Время
Бронировать сейчас
Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Ovchilik va dam olish maskani
Был в сети: 24.09 22:20
Все мероприятие автора
Forish tumani Aydar koʻl qirgʻogʻi
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Forish tumani Aydar koʻl qirgʻogʻi
  • Ответственное лицо:
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие