-
Нет Отзывов
-
В избранные
Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturalari hamkorligida faxriylar uchun ichki turizm doirasida Buxoroning tarixiy o‘tmishi va madaniyati, so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida ikki kunlik sayohat tashkil etildi.
Faxriylar Sitorai Mohi Xossa Saroyi, Minorai Kalon tarixiy majmualari, Ko‘hna Ark saroyi, Labi hovuz va muqaddas qadamjolar bilan yaqindan tanishib, tungi Buxoroning eski shahriga sayohat qilishdi.
Sayohat so‘nggida yashillikka burkangan “Buxoro Varnet” korxonasining bog‘idagi bayram dasturxoni va maxsus tayyorlangan konsert dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Mazmunli va unutilmas sayohat barchada ulkan taassurot qoldirdi.