-
Нет Отзывов
-
В избранные
Buxoroda joriy yilning 31-avgust-2-sentyabr kuni bo’lib o’tgan “Stixiya2023” festivali o’z nihoyasiga yetdi
Ma’lumki, “Stixiya” elektron musiqa va sanʼat festivali bu yil beshinchi marta oʻtkazilmoqda. Festivalning bu gal Buxoro viloyatida oʻtkazilishining asosiy sababi ichki va tashqi turizmni rivojlantirish.
“3-4 oy oldin butun Oʻzbekistonni aylanib, oʻgʻlim bilan Buxorodagi Toʻdako’lga dam olish uchun kelganimda, shu joyni tanlagandik. Choʻl, dasht joyi Stixiyani oʻtkazish uchun eng maʼqul variant. Uning lokatsiyasi oʻzgargani bilan Moʻynoq chetda qolib ketmadi, u yerga biz 2024-yilda yana qaytamiz.
Festivalning 50 foizini oʻzbekistonlik ishtirokchilar tashkil etsa, qolgani asosan Qozogʻiston, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan mehmonlardir.
Stixiya boshlangunga qadar, 2000 mingga yaqin chiptalar sotilgan, jami 3000 mingta chiptalar sotilgan desak mubolag’a bo’lmaydi, undan 1500 ga yaqini sayyohlar tomonidan sotib olingan.
Festival maydonida qator installyatsiyalar oʻrnatilgan. Misol uchun, yolgʻiz astronavt.
Uning atrofida gallaktika “hosil qilganmiz”. Yagona turgan odam ham bor, bu esa tadbirimizning asosiy ramzidir. Uni oxirgi kun “Burning Man” festivalida boʻlganidek(AQSH da o’tkazib kelinadigan festival. Mazkur festival AQSH dagi Mehnat kuniga to’g’ri keladi)yoqib yuboramiz.
Ma’lumot uchun, yagona turgan odam installyatsiyasi oxirgi kechada yoqib yuborilishiga sabab, ishtirokchilar “tozalash" marosimini o'tkazadilar - ular plastik butilkalardan tortib, boshqa barcha axlatlarni yig'adilar, ya’ni atrof-muhitni tozalaydilar.
Shuningdek, hududimizda bogʻ ham bor, bu orqali tabiatni asrab-avaylashga eʼtibor qaratmoqchi boʻlganmiz.
Shuningdek, ushbu festivalni o’tkazishdan asosiy maqsad, O’zbekiston turizm brendini dunyo miqyosiga olib chiqish, uning turli lokatsiyalarini dunyoga tanitish, qolaversa, yosh o’zbek kompozitorlari, musiqashunos va didjeylarini ham dunyoga tanitish hamda bu orqali ularni chet el davlatlarida o’tkaziladigan butunjahon musiqa festivallarida ishtirokini ta’minlashdan iboratdir”,- dedi, festival bosh prodyuseri Otabek Sulaymonov.