Назад
Buxoroda choʼl hududidan qadimgi tarixiy gʼorlar topildi
Краткое описание

Fanlar Аkademiyasi Milliy arxeologiya markazi va Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tuzilgan guruh tomonidan Kogon tumanining choʼl hududida, mahalliy aholi vakillari koʼrsatgan 4 ta qadimgi gʼor qoldiqlari koʼzdan kechirildi.

Gʼorlar choʼl zonasida yantoq oʼsgan qum tagidagi, sargʼish rangli ohaktoshlar qatlami ostidagi pastlikka kirib ketgan. Gʼorlarning kirish qismi qumlar va oʼpirilgan toshlar bilan koʼmilib, tashqi koʼrinishidan, oddiy yoʼlovchilar uchun deyarli bilinmaydi. Ular bir biridan yuzlab metr masofalanib, qandaydir tizim va bogʼlanishi aniqlanmadi.

Gʼorlarning nima maqsadda qurilganligini bilish uchun bizni olib kelgan mahalliy yurtdoshimiz bilan ichiga kirish uchun gʼorlarning eng yirigi tanlab olindi. Gʼorning ichki qismi qum va oʼpirilgan toshlar bilan bosilganligi sababli egilib, bukilib, asta sekin, toʼliq qorongʼulikda yoritish jihozlari yordamida 80-100 metr masofa va 10-15 metr pastlikka tushildi. Gʼorning ayrim joylari juda tor, ayrim joylari keng, ayrim joylaridan boshqa tomonga ketgan qoʼshimcha yoʼnalishlar ochilgan. 

Gʼorning geologik qatlamlari asosan ohaktoshdan iborat boʼlganligi sababli, gʼor oʼrta asrlar davrida (XII-XIII) mahalliy konchilar tarafidan qazilib yer ostki zahiralaridan juda keng koʼlamda foydalangan hamda ganch qurilish materialining xomashyosi olinganligi aniqlandi. 

Tarixiy manbalarga koʼra, Buxoro shahrining shimoliy-sharqiy tomonlarida qadimiy yuqori sifatdagi ganch konlari mavjudligi, oʼrta asrlarda qurilgan hozirda saqlanib qolgan tarixiy binolarning qurilishida shu konlardan keltirilgan ganch materialidan keng foydalanganligi yozib qoldirilgan. Konlardan keltirilgan dagʼal ganchlar qoʼl mehnati yordamida ezilib, pishirtirilgan va tarixiy binolarni qurishda obi gʼishtlar orasidagi angaf qorishmasiga qoʼshilgan hamda masjidlarning ichki qismini ganchkorlik sanʼati yordamida bezash ishlarida ishlatilgan. 

Gʼorning kengroq qismlarida oʼrta asrlar (XII-XIII asrlar)ga tegishli sopol qoldiqlari, asosan katta va kichikroq suv saqlanadigan koʼzalar boʼlaklari, shuningdek, qoʼylar va tuyalar suyaklari topildi. Bu topilmalar gʼorlar ichida odamlar yashaganligi, qanaqadir mehnat faoliyati bilan shugʼullanganligidan dalolat beradi. 
Bundan tashqari, Buxoro–Qarshi avtomobilь trassasining 193 km masofasi chekkasida yana bir gʼor ichida tabiiy shishasimon geologik xomashyo koʼrinishidagi materiallar mavjudligi ham aniqlandi. Ushbu material shishaga oʼxshash boʼlib, yorugʼlikni yaxshi oʼtkazadi hamda oʼrta asrlar davri arxitekturasida keng ishlatilgan.

Soʼngi oʼrta asrlar davrida ushbu hududdagi gʼorlardan choʼponlik faoliyatini olib borgan mahalliy aholi dam olish va qor-yomgʼirlardan saqlanish maqsadida boshpana sifatida foydalangan. Shuningdek, dushmanlar bostirib kelgan paytlarida yashirinish va oʼz jonini saqlash uchun ham foydalanilgan degan taxminlar ham mavjud.

Hozirda, mazkur tarixiy gʼorlarni belgilangan tartibda moddiy madaniy meros obʼektlarining Milliy roʼyxatiga kiritish va davlat muhofazasiga olish boʼyicha ishlar olib borilmoqda.
Buxoroda choʼl hududidan qadimgi tarixiy gʼorlar topildi

2022 yil 15 iyunь kuni Fanlar Аkademiyasi Milliy arxeologiya markazi va Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tuzilgan guruh tomonidan Kogon tumanining choʼl hududida, mahalliy aholi vakillari koʼrsatgan 4 ta qadimgi gʼor qoldiqlari koʼzdan kechirildi.

Gʼorlar choʼl zonasida yantoq oʼsgan qum tagidagi, sargʼish rangli ohaktoshlar qatlami ostidagi pastlikka kirib ketgan. Gʼorlarning kirish qismi qumlar va oʼpirilgan toshlar bilan koʼmilib, tashqi koʼrinishidan, oddiy yoʼlovchilar uchun deyarli bilinmaydi. Ular bir biridan yuzlab metr masofalanib, qandaydir tizim va bogʼlanishi aniqlanmadi.

Gʼorlarning nima maqsadda qurilganligini bilish uchun bizni olib kelgan mahalliy yurtdoshimiz bilan ichiga kirish uchun gʼorlarning eng yirigi tanlab olindi. Gʼorning ichki qismi qum va oʼpirilgan toshlar bilan bosilganligi sababli egilib, bukilib, asta sekin, toʼliq qorongʼulikda yoritish jihozlari yordamida 80-100 metr masofa va 10-15 metr pastlikka tushildi. Gʼorning ayrim joylari juda tor, ayrim joylari keng, ayrim joylaridan boshqa tomonga ketgan qoʼshimcha yoʼnalishlar ochilgan. 

Gʼorning geologik qatlamlari asosan ohaktoshdan iborat boʼlganligi sababli, gʼor oʼrta asrlar davrida (XII-XIII) mahalliy konchilar tarafidan qazilib yer ostki zahiralaridan juda keng koʼlamda foydalangan hamda ganch qurilish materialining xomashyosi olinganligi aniqlandi. 

Tarixiy manbalarga koʼra, Buxoro shahrining shimoliy-sharqiy tomonlarida qadimiy yuqori sifatdagi ganch konlari mavjudligi, oʼrta asrlarda qurilgan hozirda saqlanib qolgan tarixiy binolarning qurilishida shu konlardan keltirilgan ganch materialidan keng foydalanganligi yozib qoldirilgan. Konlardan keltirilgan dagʼal ganchlar qoʼl mehnati yordamida ezilib, pishirtirilgan va tarixiy binolarni qurishda obi gʼishtlar orasidagi angaf qorishmasiga qoʼshilgan hamda masjidlarning ichki qismini ganchkorlik sanʼati yordamida bezash ishlarida ishlatilgan. 

Gʼorning kengroq qismlarida oʼrta asrlar (XII-XIII asrlar)ga tegishli sopol qoldiqlari, asosan katta va kichikroq suv saqlanadigan koʼzalar boʼlaklari, shuningdek, qoʼylar va tuyalar suyaklari topildi. Bu topilmalar gʼorlar ichida odamlar yashaganligi, qanaqadir mehnat faoliyati bilan shugʼullanganligidan dalolat beradi. 
Bundan tashqari, Buxoro–Qarshi avtomobilь trassasining 193 km masofasi chekkasida yana bir gʼor ichida tabiiy shishasimon geologik xomashyo koʼrinishidagi materiallar mavjudligi ham aniqlandi. Ushbu material shishaga oʼxshash boʼlib, yorugʼlikni yaxshi oʼtkazadi hamda oʼrta asrlar davri arxitekturasida keng ishlatilgan.

Soʼngi oʼrta asrlar davrida ushbu hududdagi gʼorlardan choʼponlik faoliyatini olib borgan mahalliy aholi dam olish va qor-yomgʼirlardan saqlanish maqsadida boshpana sifatida foydalangan. Shuningdek, dushmanlar bostirib kelgan paytlarida yashirinish va oʼz jonini saqlash uchun ham foydalanilgan degan taxminlar ham mavjud.

Hozirda, mazkur tarixiy gʼorlarni belgilangan tartibda moddiy madaniy meros obʼektlarining Milliy roʼyxatiga kiritish va davlat muhofazasiga olish boʼyicha ishlar olib borilmoqda.

Программа Мероприятие
Отзывы гостей
0
Нет отзывов
0 отзывов
Качество
Нет отзывов
Локация
Нет отзывов
Цена
Нет отзывов
Услуга
Нет отзывов
Питомник 20 горных козлов северцева
Был в сети: 28.04 20:21
Все мероприятие автора
Фориш тумани Хаёт қишлоғи
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: Xorazm, Xiva
  • Ответственное лицо: Северцев – питомник
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие