-
Нет Отзывов
-
В избранные
Ayni vaqtda, “Buyuk Ipak yo‘li” san’at qarorgohida Sharja amirligi arxeologik topilmalar ko‘rgazmasi ochilish marosimi bo’lib o’tmoqda.
Ochilish marosimida BAA Sharja amirligi Hukumati delegatsiyasi vakillari ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmada Arabiston va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlar tarixi haqida hamda Sharja Amirligida neolit davridan Islomgacha bo‘lgan davrga oid 1700 dan ortiq arxeologik topilmalar namoyish qilinmoqda.
Ta’kidlash joizki, eksponatlar Belgiya, Portugaliya va Yaponiyada ham ko‘rgazmaga qo‘yilgan bo’lib, topilmalarning 80 foizi O‘zbekistonda ilk bor taqdim etildi.
Ma'lumot uchun: Sharjadagi Mleyxa arxeologik yodgorligida saroy, istehkomlar, uylar va insonlar hamda hayvonlar qabrlari topilgan. Topilmalarning umumiy maydoni 3 kmga cho‘zilgan. Mleyxadan uzoq bo‘lmagan hududda esa arxeologlar oltin, kumush, bronza, temir, fil suyagi, alebastr, shisha va boshqalardan yasalgan, bezatilgan buyumlar ham topilgan. Bu buyumlarda qadimgi Misr, Yunon, Rim, Parfiya, O‘rta Osiyo, Hindiston madaniyati izlarini ko‘rish mumkin.