-
Нет Отзывов
-
В избранные
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diverfikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-sonli qarorining 1-ilovasi 25-bandida;
Turizm axborot markazlarini tashkil etish, tashkil etilgan axborot markazlarini respublikaning turizm salohiyatini namoyish etuvchi targ‘ibot materiallari bilan ta’minlab borish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatilgan.
Shu munosabat bilan, viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan Buxoro viloyatining sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan obektlari jumladan, eski shahar hududi, Buxoro temir yo‘l vokzali, Buxoro xalqaro aeroportida joylashgan axborot markazlari O‘zbekiston Respublikasining hamda viloyatimiz turizm salohiyatini targ‘ib qiluvchi targ‘ibot materiallari bilan ta’minlandi.