-
Нет Отзывов
-
В избранные
Xo‘jabulg‘urota Ziyorotgohi dengiz sathidan (1970) metr balandlikda joylashgan. Xo‘jabulg‘urota ziyorotgohi atrofi Sharq tomoni yon bag‘ri ancha tik va qoyali, Janubiy va G‘arbiy yon bag‘irlari keng soyliklar hamda tepaliklar mavjud bo‘lib, tabiiy Zarafshon archalar va butazorlar bilan to‘liq qoplangan. Tuman markazidan Xo‘jabulg‘urota ziyorotgohigacha 70 km. 2000 m balandlikda o‘rtacha temperaturasi 20° 25°bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha temperaturasi 2000 m balandlikda —15°. Yillik yog‘in janubiy.-g‘arbiy yon bag‘rida 600–1200 mm, shim.-sharqiy yon bag‘rida 300–400 mm. Butalardan achchiq bodom, zarang, uchqat va boshqalar uchraydi. 1200–2500 m balandliklar orasidagi tog‘ jigarrang, tog‘-o‘rmonqora tuproqlar, tog‘ -o‘rmon-qo‘ng‘ir tuproqlarda tabiiy Zarafshon archazorlar bor. Yovvoyi sut emizuvchi hayvonlardan ayiq, tulki, bo‘ri, qushlardan, tasqara, kaklik,chil va boshqalar yashaydi. Tog‘larda (achchiq bodom, irg‘ay, zarang, uchqat,na’matakning bir necha turi va dorivor o‘simliklar olqor, kiyik o‘ti, arslon qo‘yruq, osiyo yalpizi kabi giyohlar ham o‘sadi
