-
Нет Отзывов
-
В избранные
QIRQQIZ QAL'ASI - Surxondaryo viloyatidagi me'moriy yodgorlik boʻlib 9-10 asrlarda bunyod etilgan. Shahar tashqarisidagi zodagon saroyi, qizlar madrasasi, xonaqoh, karvonsaroy va hokozo. Oʻrta asrlarda Termiz shahrining tashqarisida joylashganligi qal'a shahar tashqarisidagi qoʻrgʻon vazifasini oʻtaganligini koʻrsatadi. 20 asrgacha xalq tomonidan Qirqqiz qal'asi joylashgan hududlar “Shahri Somon” deb ham atalgan. Professor A.Semyonov 20 asr boshlarida Salovotlik mullalar qoʻlidan “Saadiya” nomli qoʻlyozmani oladi. Unda yozilishicha somoniylar sulolasi Termiz yoki Balx yaqinidagi Somon qishlogʻidan kelib chiqqan. Arkak bunyod etgan Somon qishlogʻida uning oʻgʻli, somoniylar sulolasi asoschisi Asad Somoniy dunyoga keladi degan fikrlarni ilgari surishadi. Lekin arxeologik tadqiqotlar Qirqqiz 13-15-asrlarda bunyod etilganligini koʻrsatmoqda.
